"Barselona" Romanoli uchun "Lacio" bilan kurashadi
05 apr 2020 23:35
Yangiliklar
"Barselona" Romanoli uchun "Lacio" bilan kurashadi
"Barselona" mutasaddilari "Milan" himoyachisi Alessio Romanoliga qiziqib qoldi.
Kataloniyaliklar "Milan" sardorini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar tarqatmoqda. Avvalroq 25 yoshli italiyalik futbolchiga Rimning "Lacio" klubi davogarlik qilishi haqida xabar qilingandi. "Rossonerilar" rahbariyati Romanolini yozda qo'yib yuborishga tayyor, faqat buning uchun xaridor klub 50 million evro to'lashi kerak bo'ladi.
Fikrlar