"Barselona" Roysdan bir yil kutib turishni so'radi, ammo futbolchi rad javobini berdi
16 dek 2014 15:18
Yangiliklar


"Barselona" Roysdan bir yil kutib turishni so'radi, ammo futbolchi rad javobini berdi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys "Barselona" sharafini himoya qilmaydi.
Xabarlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar rahbariyati keyinchalik Germaniya terma jamoasi futbolchisini sotib olishi uchun, undan bir yil klubini o'zgartirmaslikni so'ragan. Ammo Roys bu taklifni rad etdi.
Oldinroq, "Bavariya" Roys borasida Dortmundning "Borussiya"siga 25 mln evrolik taklif yuborgan edi. Bundan xabar topgan "Real" rahbariyati, futbolchi va uning agenti bilan uchrashish uchun o'z vakilini yuboradi.

Fikrlar