"Barselona" Roberto Martines bilan aloqaga chiqdi. Kuman ishdan bo'shatilishi mumkin
24 sen 2021 19:10
Yangiliklar
"Barselona" Roberto Martines bilan aloqaga chiqdi. Kuman ishdan bo'shatilishi mumkin
"Barselona" Ronald Kuman o'rniga yangi murabbiy olib kelish ustida bosh qotirmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati mutaxassisni ishdan bo'shatishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bu borada "Barsa" Belgiya terma jamoasini boshqaradigan Roberto Martines bilan aloqaga chiqdi. Rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan. Mutaxassisning o'ziga u kataloniyaliklar bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod ekanligi malum qilindi.
Martines ham "Barsa"ga kelish imkoniyatidan manfaatdor.
SHu bilan birga, murabbiy Millatlar Ligasi o'yinlari oldidan terma jamoani tark etishni istamayapti (7 oktyabr kuni belgiyaliklar turnirning yarim finalida Franciya terma jamoasi bilan, 10 oktyabrda esa final yoki 3-o'rin uchun o'yinda maydonga tushadi). "Barselona" mutaxassisni turnir oxirigacha kutishga tayyor.
Fikrlar