La Liga. "Barselona" "Real"ga yaqinlashib oldi
18 fev 2024 20:48
Yangiliklar


La Liga. "Barselona" "Real"ga yaqinlashib oldi
La Liga 25-tur yakunlariga ko'ra "Barselona" "Real"ga yaqinlashib oldi.
Xavi shogirdlari kecha "Selta" ustidan g'alaba qozongandi (2:1), Karlo Anchelotti boshchiligidagi madridliklar esa biroz avval "Rayo Valekano" bilan (1:1) durang o'ynashdi.
Endilikda ikki klub o'rtasidagi farq 8 ochkogacha qisqardi (54 – 62).
Ikkinchi o'rindagi "Jirona" hisobida 56 ball bor va jamoa ertaga "Atletik" bilan kuch sinashadi. Kuchli to'rtlikda yana "Atletiko" (51 ochko bilan) bor.
Avvalroq, Xavi "Barselona"dan mamnunligini aytib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar