"Barselona" "Real"ga qarshi bahsdan oldin Koutino bilan shartnoma tuzmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 avg 2017, 13:45
"Barselona" rahbariyati "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino transferini iloji boricha tezroq yakunlamoqchi.

Kataloniyaliklar 12 avgustgacha ushbu xaridni yakunlash niyatida. "Barselona"ning shoshilishiga sabab, 13 avgust kuni ular "Real" bilan Ispaniya Superkubogi uchun ilk bahsni o'tkazishadi va klubdagilar Koutino uchrashuvda ishtirok etishini istashmoqda.

Oldinroq, OAVda "Barselona" "Liverpul" bilan 25 yoshli yarim himoyachi borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi. Transfer bonuslar bilan birga 120 mln. evroga amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca