"Barselona" PSJ futbolchisining transferini yakunlashga urinmoqda

Mirjalol Normatov
19 avg 2018, 15:47
"Barselona" PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning transferidan voz kechmagan ko'rinadi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Yuventus" ilib ketmasidan oldin "Barselona" yaqin 5-6 kun ichida futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Italiyaliklar ham ushbu transferni anchagina kechiktirib yubordi.

Raboning shartnomasi 2019 yilda o'z yakuniga etadi. Futbolchining o'zi ham jamoadan ketishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo