"Barselona" prezidenti: "Superliga loyihasi tirik. Biz UEFA oldida kechirim so'ramaymiz"
21 iyu 2021 18:24
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti: "Superliga loyihasi tirik. Biz UEFA oldida kechirim so'ramaymiz"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub Evropa Superligasi g'oyasini qo'llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda faqatgina "Barselona", "Real" va "Yuventus" loyiha ishtirokchilaridan bo'lib turishibdi.
"Loyiha tirik. Biz hali ham UEFA bilan dialog boshlashga urinmoqdamiz. Biz musobaqa tashkil etishga urinish uchun kechirim so'ramaymiz. Biz UEFA oldida taqdirimizga egalik qilishni xohlaganimiz uchun uzr so'ramaymiz", - deydi Laporta.
Fikrlar