"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisini qaytarib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 may 2019, 18:51
"Barselona" joriy mavsum oxirida La Masiya tarbiyalanuvchisi, ayni damda "Eybar" sharafini himoya qilayotgan Mark Kukurelyani qaytarib olish niyatida.

20 yoshli Kukrelya joriy mavsum oldidan 2 mln. evroga xarid qilish huquqi bilan "Eybar"ga ijaraga berilgan edi.

"Eybar" bu banddan foydalanib qolmoqchi, ammo bitimda "Barselona" futbolchini 4 mln. evroga qaytarishi mumkinligi borasida shart mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo