

Shvecariyaning Swiss Ramble analitik kompaniyasining ma'lumot berishicha, "ko'k-anorranglilar" o'tgan mavsumda futbolchilar uchun 487 million evro ishlatgan. O'tgan yilgi ko'rsatkich bilan solishtirilsa, "Barselona"ning futbolchilar uchun xarajati 147 millionga kattalashgan va 70%gacha o'sganligini ko'rish mumkin (o'tgan mavsum 52 % bo'lgan).
Ikkinchi o'rinda, 395 million sarflagan "Real" klubi bormoqda. Undan keyingi pog'onalarni Angliyaning "Manchester Yunayted" (337 million) va "Manchester Siti" (296 million) jamoalari band etishgan.



