"Barselona" Neymarni ortga qaytaradimi?
08 iyu 2023 17:38
Yangiliklar
"Barselona" Neymarni ortga qaytaradimi?
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar "Barselona"ga qaytishi mumkin, deb xabar berdi Sport.es.
Kataloniya klubi "Inter Mayami"ga o'tgan argentinalik Lionel Messining transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, klubni kuchaytirish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "Barselona"ning maqsadi – yulduz futbolchini sotib olish. Variantlardan biri Neymar sanaladi. Biroq 31 yoshli futbolchining maoshi va PSJ uning transferi uchun qo'yadigan shartlar uning o'tish imkoniyatini murakkablashtiradi.
Neymar 2017 yildan beri PSJ safida to'p tepadi. SHartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar