"Barselona" Neymar o'rniga alternativ topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
21 avg 2019, 22:44
"Barselona" rahbariyati "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukichning transferini o'ylab ko'rmoqda.

"Goal.com" xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi Neymarning alternativi sifatida ko'rilmoqda. Agarda "Barselona" PSJ bilan Neymar transferini hal qila olmasa, Marioni sotib olishga harakat qilib ko'radi.

"Barselona" Manjukich uchun "Yuventus"ga o'z himoyachisi Xuan Mirandani berib yuborishga tayyor turibdi.

33 yoshli Manjukich 2015 yildan buyon "Yuventus" tarkibida 162 o'yinda 44 gol urib, 24 golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com