“Barselona” Neymar uchun 95 million evro bergan
20 jan 2014 15:00
Yangiliklar


“Barselona” Neymar uchun 95 million evro bergan
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Santos” hujumchisi Neymar uchun, klub prezidenti Sandro Rossel takidlaganidek 57 million evro emas, balki 95 million evro bergan, deb xabar beradi “El Mundo”.
Kataloniyaliklar hujumchining otasiga 8,5 million evro va 2,6 million evro komissiya uchun pul o'tkazishgan. 40 million evro Neymarning otasi bilan bog'liq deb hisoblanayotgan N&N kompaniyasi hisobiga o'tkazilgan.
“Santos”ga 17 milliondan tashqari yana uch nafar futbolchining transferi uchun 7,9 million evro o'tkazilgan. Ikkita o'rtoqlik uchrashuv 9 million evroga baholangan va bonus sifatida yana 10 million evro ajratilgan.
Ayni paytda transfer hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tekshirilayapti.
Agar ushbu malumot tasdiqlanadigan bo'lsa, Neymar “Real” o'yinchisi Garet Beyldan o'zib ketgan holda futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin.

Fikrlar