"Barselona" MYU himoyachisini sotib olmoqchi

Alisher
26 iyun 2019, 14:20
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Kataloniya klubi shu yozda jamoaning mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi va bu joyga mos keladigan variantlar qidirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" shvetsiyalik markaziy himoyachini "Yuventus"ga o'tishi mumkin bo'lgan Matteys de Ligtning o'rniga olib kelishmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Barselona" 24 yoshli o'yinchi uchun bir necha takliflar bilan chiqqan, ammo rad javobini olgan.

Lindelyof yakunlangan mavsum "qizil iblislar" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.

Futbolchi MYUdan oldin "Vesteros" va "Benfika" klublarida to'p tepgan. Viktor 2016 yildan beri Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo