“Barselona” murabbiyi Grizmann nima sababdan maydonga tushmaganligini izohladi
28 fev 2021 09:41
Yangiliklar
“Barselona” murabbiyi Grizmann nima sababdan maydonga tushmaganligini izohladi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 25-turi doirasida “Sevilya”ga (2:0) qarshi bahsda jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanning maydonga tushmaganligi sababini ochiqladi.
“Biz odatiy uslubimizni o'zgartirishga qaror qildik va shu sababdan Usmon Dembele oldingi chiziqda harakat qildi. Hisob 1:0 payti Leoning oldiga Grizmandan tezkorroq futbolchi harakat qilishini istadik. Bu Antuan uchun qandaydir jazo degani emas,” deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Joriy mavsumda Grizmann La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Messi, De Yong va Jordi Alba ushbu mavsumda Grizmandan ko'proq uchrashuv o'tkazishgan.
“Barselona” kechagi g'alabadan keyin ochkolarini 53 taga etkazib, turnir jadvalida “Real”ni qo'vib o'tdi va 2-pog'onaga ko'tarildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar