"Barselona" Morataga qiziqishni yo'qotmagan
03 jan 2022 14:33
Yangiliklar
"Barselona" Morataga qiziqishni yo'qotmagan
Ispaniyalik forvard hali ham Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi deyarli har kuni jamoaning ehtimoliy yangi o'yinchisi bilan aloqada.
Alvaro ayni damda ijara asosida Turinning "Yuventus" klubida o'ynamoqda. Tomonlar kelishuvni muddatidan oldin bekor qilishlari mumkin. Morataning transfer huquqi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli.
"Barselona" ispanni Serxio Agueroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Argentinalik yuragidagi muammo sabab faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar