"Barselona" moliyaviy muammolarga qaramay Martinesni xarid qiladi
28 mar 2020 23:41
Yangiliklar


"Barselona" moliyaviy muammolarga qaramay Martinesni xarid qiladi
"Ko'k-anorranglilar"ga argentinlik futbolchi kerak.
"Diario Sport" nashri xabariga ko'ra, "Inter" hujumchisi Lautaro Martines yozda "Barselona" tarkibiga qo'shiladi. Katalon klubi ayni paytda koronavirus pandemiyasi tufayli yirik moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Ammo jamoa rahbarlari Martinesni sotib olish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilish fikridan qaytmagan.
Malumot uchun, yozda klubning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida "Barselona"ning 8 nafar vakili transferga qo'yilishi rejalashtirilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar