"Barselona" Messiga 10 yillik shartnoma taklif qilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 may 2021, 02:01
"Barselona" jamoa sardori Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettiryapti.

"AS" xabariga ko'ra, futbolchi Argentinaga ketishidan oldin "Barsa" unga 10 yillik shartnoma taklif qilgan. 

Ushbu shartnoma shartlariga ko'ra, Messi 2023 yilgacha "Barsa"da o'ynashi, shundan so'ng MLS'ga o'tishi va u yerda Kataloniyaning Shimoliy Amerikadagi elchisi bo'lishi lozim. Keyinchalik u "Barsa"ga qaytib, murabbiylar shtabiga kiradi.

"Barselona" rahbariyati Messi bilan shartnomani uzaytirishga ishonadi. Biroq argentinalik taklifga javob bermasdan Amerika Kubogiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS