"Barselona" menejeri Dembelega bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi
16 noy 2018 16:33
Yangiliklar


"Barselona" menejeri Dembelega bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi
"Barselona" bosh menejeri Pep Seguraning so'zlariga ko'ra, klub rahbariyati haqiqatdan ham Usmon Dembele agenti bilan uchrashgan.
"Barsa" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu agent orqali Dembeledan professionalroq bo'lishni so'ragan.
"Dembele bilan hech qanday muammo yo'q. Bu katta iqtidorga ega yosh futbolchi uchun normal holat. U hech qachon bunday sharoitda bo'lmagan va klubga ko'nikib olishi kerak.
Usmon haqiqatdan ham yosh va bunday o'yin uslubida ilk marta harakat qilmoqda. Unga qiyinligini tushunib turibmiz. Dembele ham buni tan olmoqda. U ko'nikib ketishi uchun hamma ishni qilamiz" - deydi Segura.
O’xshash yangiliklar
00:43
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 0

Fikrlar