So’nggi yangiliklar

14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  2 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  3 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  5 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  8 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  44 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7

"Barselona". Maskeranoning transferi deyarli amalga oshdi, qolganlarda nima gap? Yangiliklar

"Barselona". Maskeranoning transferi deyarli amalga oshdi, qolganlarda nima gap?

Bir necha kun oldin "Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan ijara asosida "Istanbul Bashakshexir"ga o'tgani elon qilingan edi.

Turkiyalik futbolchi vatani klubini 2,5 yil himoya qiladi.

Xaver Maskerano

Kataloniya klubini tark etishi mumkin bo'lganlar safidan joy olgan Xaver Maskerano esa deyarli Xitoy jamoasiga o'tdi. “Xebey CHayna Forchun”ga o'tishi kutilayotgan argentinalik yarim himoyachi yangi klubida yiliga 19 mln. evro ishlab topadi. Tez orada ikki klub rasmiy sayti ushbu transfer haqida elon qiladi.


Xerard Deulofeu

Joriy mavsum oldidan "Everton" hujumchisi Xerard Deulofeu "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi uchun ko'k-anorranglilar 12 mln. evro to'lagan edi. Joriy mavsum "Barselona" safida 12ta rasmiy o'yinda ishtirok etgan forvard klubdan ketishni rejalashtirgan va ayni damda takliflarni ko'rib chiqmoqda. Hozircha uning klubdan ketishi aniq emas, hammasi futbolchining istagi va rejalariga bog'liq.


Aleyks Vidal

Kataloniya klubi joriy mavsum oldidan u o'ynaydigan o'ng qanot himoyasiga Nelson Semeduni xarid qilganidan so'ng Aleyks Vidalning o'yin amaliyoti kamaydi. Buning ustiga, Vidalning yana bir raqobatchisi Serxi Robertoning o'yini jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdega yoqmoqda. Joriy mavsum 12ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan Vidal ham Deulofeu kabi takliflarni ko'rib chiqish bilan band. Unga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda.


Rafinya Alkantara

Joriy mavsum umuman maydonga tushmagan Rafinya Deulofeu va Vidaldan farqli o'laroq muzokaralarni boshlab yuborgan. Yarim himoyachi "Inter" bilan deyarli kelishuvga erishgan, biroq klublar transfer narxini hal qila olishmayapti. Ispan grandi o'z futbolchisidan 35 mln. evro ishlab olishni niyat qilgan, biroq milanliklar "Barselona" hisob raqamiga 20 mln. evro o'tkazib berishmoqchi. Tez orada Rafinyaning transferi haqida xabar eshitishimiz mumkin.


"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu qishdagi xaridlar tufayli moliyaviy balansni tiklash maqsadida jamoaning bazi futbolchilarini transferga qo'ygan. Kataloniya klubi Neymar sotuvidan 222 mln. evro ishlagan bo'lsada, Filippe Koutino va Usmon Dembeleni 100 mln. evrodan ko'proqqa xarid qildi, himoyachi Yerri Mina esa deyarli 12 mln. evroga tushdi. Kirim va chiqim o'rtasidagi farq katta emas, ammo uni to'ldirish lozim, aks xolda UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasiga ko'ra klubni jazolashi mumkin.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика