So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  6 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  10 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

"Barselona" "Manchester Yunayted" imtihonidan o'tadi Yangiliklar

"Barselona" "Manchester Yunayted" imtihonidan o'tadi

Bugun, 10 aprel kuni "Orzular teatri" deb atalmish "Old Trafford" stadionida "Manchester Yunayted" "Barselona"ni qabul qiladi.

"Qizil iblislar" "Barselona" uchun CHempionlar ligasidagi navbatdagi imtihon bo'lishi kutilmoqda, chunki ko'k-anorranglilar turnirda chempion bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri. Ayni damda ispan grandi juda yaxshi formada, Messi esa har tur raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda.

"Manchester Yunayted" avvalgi bosqichda PSJni mag'lub etgan bo'lsada, turnir favoritlari safiga kirmaydi. Jamoa so'nggi 4ta uchrashuvning 3tasida mag'lubiyatga uchradi. Ular mehmonda oxirgi marta o'z uyida "Uotford"ni 2:1 hisobida taslim etishdi.

Tarkib

"Qizil iblislar" himoyasida muammolar bor. Himoyachilar Antonio Valensiya, Matteo Darmian va Erik Bayi jarohat tufayli "Barselona"ga qarshi bahsda maydonga tushishmaydi. Markus Rashford, Ander Errera va Nemanya Matichning bahsda ishtirok etishi so'roq ostida. Sulsher tarkib tanlashda biroz qiynalishi mumkin.

Ko'k-anorranglilar ustozi Ernesto Valverdening boshi qotmasligi aniq, chunki himoya va yarim himoyada hech qanday muammo yo'q. Biroq hujum chizig'i vakili Usmon Dembele haqida bir narsa deyish qiyin. Hujumchi shifokorlar ko'rigidan o'tganidan so'ng uning maydonga tushishi yoki tushmasligi aniq bo'ladi. Bundan tashqari, Rafinya Alkantara uzoq vaqtdan beri jarohatini davolamoqda.

"Manchester Yunayted": De Xea, SHou, Lindelyof, Smolling, Yang, Pogba, MakTominey, Rashford, Lingard, Dalot, Lukaku.

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Langle, Pike, Roberto, Vidal, Buskets, Rakitich, Koutino, Suares, Messi.


Murabbiylar fikrlari

Ule-Gunnar Sulsher: "Biz hali ham Nemanya Matich o'yinga tayyor bo'lishiga umid qilyapmiz, Ander Errera esa maydonga tushmasa kerak. Erik Bayi va Antonio Valensiya aniq bahsda ishtirok etmaydi. Rashford nega bugun alohida shug'ullandi? Unga shunchaki alohida mashqlar kerak edi. U jarima maydonchasi ichida o'tkazgan mashg'ulotlarimizda qatnashmadi. Ko'ramiz, ertaga u o'zini qanday his qilar ekan. Sanches? Bugun u jamoa bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Hozir jarohat uni bezovta qilayotgani yo'q, ertaga u jamoa safida bo'lmaydi".

Ernesto Valverde: "Manchester Yunayted"ning kuchli tomoni - faqatgina standart vaziyatlar emas. Avvalgi bosqichdagi PSJ ustidan qozonilgan g'alaba ularga qo'shimcha kuch berdi. Keyingi bosqichga o'tish uchun standartlarga, raqibning kuchli tomonlariga etibor berishimiz kerak. Biz oldimizda biror natijaga erishish vazifasini qo'ymaymiz. Mehmonda gol urishni xohlaymiz. Avvalgi bosqichlarda uyda ko'proq gol urishga to'g'ri keldi. G'alaba uchun maydonga chiqamiz. Parijdagi bahs oldidan "Manchester Yunayted" safida jarohatlanganlar ko'p edi, biroq bu jamoaga halaqit qilmadi. Bunday o'yinlarda g'alabaga bo'lgan intilish jarohatlar o'rnini bosib yuboradi. "Yunayted"ning Parijdagi halabasi bunga oddiy misol bo'lishi mumkin. Barcha top klublar g'alaba qozonishni xohlaydi. Biz ham shular qatoridamiz. "Liverpul" va "Manchester Siti" ham turnirda g'olib bo'lmoqchi.


Qiziqarli malumotlar

- Bu jamoalar evrokuboklarda 11 marta to'qnash kelishgan. "Yunayted" 3ta, "Barselona" esa 4ta g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan. Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi ikki o'yin CHL finali bo'lgan. Ikkala o'yin ham Kataloniya klubi foydasiga yakunlangan.

- "Manchester Yunayted" joriy mavsum CHempionlar ligasida 8ta o'yin o'tkazib, 4ta g'alabaga erishdi, 1ta durang qayd etdi va 3ta uchrashuvda yutqazdi. "Barselona" esa 8ta uchrashuvda 5ta g'alabaga erishib, 3ta bahsda murosa ko'chasini tanladi. Mag'lubiyat yo'q.

- Ander Errera, Nemanya Matich, Lyuk SHou, Antonio Valensiya va Eshli Yang yana bittadan sariq kartochka olishsa, keyingi bahsda maydonga tushishmaydi.

- "Barselona" safida Nelson Semedu va Serxio Buskets sariq kartochkaga ilinib turibdi. Yana bitta ogohlantirish va ular navbatdagi o'yinda maydon tushishmaydi.

- Ushbu uchrashuvda ishlaydigan italiyalik Janluka Rokki joriy mavsum 7ta xalqaro o'yinlarda ishtirok etdi. Referi bu bahslarda 3ta qizil va 31ta sariq kartochka ko'rsatgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика