"Barselona" Malkomning keyingi transferidan 7,5 foiz ulush oladi
03 avg 2019 13:55
Yangiliklar
"Barselona" Malkomning keyingi transferidan 7,5 foiz ulush oladi
Malkomning "Zenit" bilan imzolagan shartnomasi tafsilotlari oydinlashib bormoqda.
SHunday qilib kataloniyaliklar braziliyalikning keyingi transferidan 7,5 foiz hissa olishadi. Futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
"Barselona" 22 yoshli forvardini rus klubiga 40 million evro evaziga sotdi. "Zenit" bundan tashqari bonus sifatida 5 million to'lashi mumkinligi ko'zda tutilgan.
22 yoshli hujumchi faoliyatini "Korintians"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Malkom 2018 yilda "Barselona"ga "Bordo" klubidan o'tgan edi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchi uchun francuz klubiga 41 million evro to'lashgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar