Barselona mag'lubiyatsiz seriyasini 31ta o'yinga etkazdi
18 fev 2016 08:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/198902_original.jpg)
![](/upload/storage/198902_220.jpg)
Barselona mag'lubiyatsiz seriyasini 31ta o'yinga etkazdi
Barselona kecha Ispaniya chempionatining qoldirilgan o'yinida Sporting Xixon ustidan g'alabaga erishdi (3:1).
SHunday qilib, kataloniyaliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 31ta o'yinda yutqazishmadi va klub rekordini yangilashdi.
Oldingi rekord Xosep Gvardiola boshchiligida 2010/11 yilgi mavsumda qayd etilgandi (28 o'yin).
So'nggi bor Barselona Luis Enrike boshchiligida 2015 yilning 3 oktyabr kunida Sevilyaga yutqazgandi (1:2).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar