"Barselona" Krishtianu Ronalduni xarid qilishni rad etdi
23 iyu 2022 18:47
Yangiliklar


"Barselona" Krishtianu Ronalduni xarid qilishni rad etdi
"Barselona" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni xarid qilish imkoniyatini rad etdi.
Kataloniya klubi 37 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh "ko'k-anorranglilar"ga transferni rasmiylashtirishni taklif qilgan bo'lsa ham, xarid qilishga qiziqishmadi.
Ronaldu 2021 yilning avgustida "Manchester Yunayted"ga qaytdi, u bunga qadar 2003-2009 yillarda jamoada o'ynagan va "Real"ga o'tgan.
Forvard o'tgan mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar