"Barselona" Kike Setenni yozda istefoga chiqarishi mumkin
14 jan 2020 14:07
Yangiliklar
"Barselona" Kike Setenni yozda istefoga chiqarishi mumkin
"Barselona" jamoaning yangi bosh murabbiyi Kike Seten bilan mutaxassisni yozda istefoga chiqarish huquqi bilan "0,5+1+1" formatda shartnoma imzolagan.
Seten klub bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzo chekdi.
61 yoshli mutaxassis muddatidan oldin istefoga chiqsa, katta miqdordagi kompensaciya puli talab qila olmaydi.
Kataloniyaliklar har mavsum so'nggida Seten bilan tuzilgan bitimni bekor qilishlari mumkin.
Setenning tanishtiruv marosimi bugun bo'lib o'tishi kutilmoqda. Takidlash kerakki, Seten faoliyati davomida hali sovrin yutmagan.
Fikrlar