"Barselona" Ispaniya kubogida ishtirokini davom ettiradi
18 jan 2019 21:31
Yangiliklar


"Barselona" Ispaniya kubogida ishtirokini davom ettiradi
"Levante" yuborgan ariza Ispaniya futbol federaciyasi tomonidan rad etildi.
"Levante"ga qarshi Ispaniya kubogining dastlabki o'yinida "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde diskvalifikaciyaga uchragan himoyachi Xuan Brandarizni maydonga tushirgan. SHu sababli, mamlakat futbol federaciyasiga "Levante" tomonidan shikoyat kelib tushgandi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, reglamentga ko'ra shikoyat 5 kun ichida yuborilishi kerak. Klub esa kech qolgani sababli ariza qabul qilinmadi va kataloniyaliklar musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar