"Barselona" Ispaniya Kubogi finalini "Real" stadionida o'ynamoqchi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2016, 11:56
"Barselona"ning Ispaniya Kubogida finalga chiqishiga hech kim shubha qilmayapti.

Ko'k-anorranglilar "Valensiya"ga qarshi birinchi yarim final bahsida 7:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tufayli Kataloniya klubi final stadioni haqida bosh qotirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" finalni "Real"ning uy arenasi hisoblangan "Santyago Bernabeu"da o'tkazmoqchi.

"Barselona" o'tgan mavsumda ham finalni "Santyago Bernabeu"da o'tkazmoqchi edi, ammo "Real" stadionda ta'mirlash ishlari bo'lishini bahona qilib, bunga rozi bo'lmadi. Natijada, Kataloniya klubi "Atletik" bilan o'z maydonida o'ynadi va final 3:1 hisobida "Barselona"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS