"Barselona" ikki murabbiyning nomzodini ko'rib chiqmoqda

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 19:15
"Barselona" rahbariyati Ernesto Valverdening o'rniga boshqa nomzodni ko'rib chiqmoqda.

"sport.es" xabariga ko'ra, ushbu mavsumda shartnomasi yakunlanadigan 54 yoshli mutaxassisning o'rnida "Betis" bosh murabbiyi Kike Seten va ayni damda "Chuncin Lifan"ni boshqarayotgan Xordi Kroyfning nomzodi ilgari surilmoqda.

Oldinroq aytilganidek, Valverde Kataloniya jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmaydi va ushbu mavsumdan keyin jamoani tark etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es