"Barselona" himoyachisi: "Ronalduning ketishi "Real"ga jiddiy ta’sir qildi"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019, 14:45
"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu hujumchi Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga o'tishi LaLigadagi raqobatga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

"Ronalduning ketishi "Real"ga jiddiy ta’sir qildi. Bu biz uchun yomon deya olmayman. U bilan chempionat qiziqroq o'tgan bo'lardi, muammolarimiz ko'payaprdi.

Maydonda Krishtianuga ko'proq e'tibor berish kerak, u xavfli futbolchi. Messisiz "Barselona" yaxshi o'yin ko'rsatadi, ammo u bilan yanada kuchliroq harakat qiladi" - deydi Semedu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com