"Fenerbaxche" "Barselona" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025, 13:52
Ayni damda erkin agent sifatida jamoasiz yurgan portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu tez orada Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi futbolchisiga aylanadi.

Xabarlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib borilmoqda. Semedu "Fenerbaxche" futbolchisi bo'lishga yaqin. 

Alohida aytish joiz, bungacha himoyachi "Marsel"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Semeduning so'nggi jamoasi Angliyaning "Vulverxempton"i bo'lgandi. Nelson ilgari "Barselona" va "Benfika" jamoalarida harakat qilgan.

Eslatib o'tamiz, Nelson o'tgan mavsum "Vulverxempton" tarkibida Angliya chempionatida 34 o'yin o'tkazib, 4 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ca.sports.yahoo.com