"Barselona" himoyachilaridan biriga chiqish eshiklarini ko'rsatdi

Alisher
9 fev 2022, 11:42
"Barselona" amerikalik himoyachi Serjino Dest bilan xayrlashishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" ortiq ushbu o'yinchiga ishonch bildirishmayapti va uni yozgi transfer oynasida sotishga tayyorlar.

21 yoshli futbolchi "Kamp Nou"ga qadar o'ynagan jamoasi bo'lmish "Ayaks"ga qaytishi mumkin. Dest "ko'k-anorranglilar" tomonidan 21 million evroga xarid qilingan. O'yinchi bilan 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan uzoq muddatli shartnoma bor.

Dest joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal