So’nggi yangiliklar

19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  6 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  21 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  31 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3 15:17ЕЧЛ. Неаполда "Челси"нинг икки мухлиси шифохонага ётқизилди, бирига пичоқ билан ҳужум қилинган бўлиши мумкин  3 14:24Саудияликлар Усман Дембеле учун улкан таклиф тайёрлашмоқда  3 13:48Жейми Каррагер: "Бу "Ливерпуль" АПЛ учун мос эмас"  3 13:12Фабио Капелло: "Милан" — ўта пассив жамоа, ҳужумчилар ҳимояга ёрдам бермаяпти"  2 12:51Италия Кубоги. Барча чорак финалчилар ва жуфтликлар маълум!  2 12:24Бугунги тақвим: Суперлигада янги мавсуми қуръаси, футзал бўйича Осиё Кубогида "Марказий Осиё дербиси", ЧЛда охирги тур ва бошқалар  5 12:07Пол Скоулз: "Арсенал" АПЛ тарихидаги энг ёмон чемпион бўлиши мумкин"  13

"Barselona" hakamlar va o'ziga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Barselona" hakamlar va o'ziga mag'lub bo'ldi

Teglar :  Barselona
"Barselona" "Mestalya"da ochko yo'qotishini taxmin qilish qiyin emasdi.

"Valensiya"ning taqibchilaridan muammolari kamroq va o'sishda davom etayotgan futbolchilari ko'p. Ular LaLigada ikkinchi, jamoa tarkibida chempionat to'purari Simone ZaZa, mavsum kashfiyoti Gonsalu Gedesh va juda tez o'sishga erishayotgan Rodrigo Moreno bor.

Biroq buning barchasi ikkinchi darajali sabablar. Eng asosiysi - "Valensiya" Erneston Valverdening "Barselona"si uchun juda noqulay raqib. Marselino klubi to'psiz ham ustunlik qila oladi va kamdan-kam holatlarda darvozadan uzoqlashadi. Yangi "Barselona" esa mavsumoldi tayyorgarlikdagi kabi harakat qilmoqda.

O'zgarishlar tufayli mavsum startida Luis Suaresda pasayish, Pako Alkaserda esa o'sish kuzatildi.

Birinchisi to'pni o'zida ko'proq ushlab turishi kerak bo'lsa, boshqasi birinchi teginishda zarba berishi lozim. SHu sababli ispaniyalik "Sevilya" darvozasiga 2ta gol urdi va "Leganes"ga qarshi bahsda Suares dubl qayd etishiga yordam berdi (ikkala gol ham Pako bergan zarbadan so'ng urildi). "Mestalya"da Neto darvozasi oldida bo'sh hudud yo'q edi, shu sababli birinchi miyaga keladigan variant uzoqdan zarba berish bo'ldi.

Keyin "Barsa"ning uchta yo'li qoldi: Uzatmalar uchun joy kutish, standartlarga ishonch bildirish va hammasini Lionel Messiga yuklash. Klub hammasini sinab ko'rdi: Birinchi variant 8ta ofsaydni yuzaga keltirdi, ikkinchisini esa faqat Tomas Vermalenning boshi his qildi. Uchinchi avariyaviy variant har doimgidek o'z foydasini berdi va gol urildi.

Leo "Barselona"ning tizimida o'ynamayotgan yagona futbolchiga aylandi. U to'pni o'zida ko'proq ushlab turdi, raqibni aldab o'tishga urindi, Andres Inesta bilan kombinacion o'yin tashkil qildi. Klub to'rt marotaba jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, 2tasi Leo Messiga tegishli. Uning aldamchi harakatlarisiz Neto jarima maydonchasida vaziyat umuman bo'lmasdi.

"Valensiya"ning "Barselona" bilan o'yini - qo'pol qilib aytganda, o'z maydonida xotirjam o'tiradigan ikki Joze Mourino jamoasining uchrashuvi bo'ldi. Bunday zerikarlik ikki soatdan so'ng, futbolni yomon ko'rib, vaqtingga achina boshlaysan. Odatda bunday bahslarda faqat bitta scenariy bo'ladi - bir jamoa to'pni olib, butun uchrashuv davomida qiynaladi, ikkinchisi esa o'z uslubini o'zgartirmay, o'z vaqtini kutadi va raqibning bir xatosidan gol urib ketadi.

Valverde klubga kelib "Atletik"da grandlardan ochko olgan o'yinini singdirishga urindi. Klub teng kuchli raqiblarga nisbatan xavfliroq jamoaga aylandi. Biroq jamoa yopiq o'yin ko'rsatadigan o'rtamiyona klublar bilan bahsda ko'proq muammolarga duch keladigan bo'lib qoldi.

Vaziyatlarni tahlil qilish - o'ziga hos mashg'ulot. Bu erda ikkita variant bo'ladi: Sen oqibatlarni ko'rasan va sababiga tegmaysan, barcha qiziq narsa esa o'sha erda. Ikkinchisi esa hakamning bahsli qarorlarini muhokama qilish. Bu ikki variantdan qochishga urindim, biroq hakam "Valensiya"ning darvozasiga kirgan golni hisobga olmagani haqida eslamaslik qiyin.

Konfederaciyalar Kubogi menga videoassistent tizimini ochib berdi, APLda (Angliya Premer-ligasi) gol aniqlash grafik tizim orqali amalga oshiriladi, xatto Gollaniyaning ikkinchi darajali chempionatida ham shunday texnologiya qo'lanmoqda. LaLiga esa uni xarid qilmayapti, shu sababli ichkariga kirgan to'pni hisobga olmaslik - normal holat. Televizion huquqdan juda katta daromad topadigan chempionatga texnologiyalarni olib kirishga nima halaqit qiladi? Yoki futbol federaciyasiga hakamlarning qarorlari bilan bog'liq haftalik mojarolar yoqadimi?

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика