"Barselona" Grizmanning transferini uning singlisi bilan muhokama qildi

Tolibjon Qosimov
2 may 2018, 20:29
"Barselona" klubi vakillari "Atletiko"ning fransiyalik forvardi Antuan Grizmanning singlisi bilan muzokaralar o'tkazishdi.

Bu haqda "Catalunya Radio" efirida gapirildi. Gap shundaki, Antuanning singlisi o'yinchining matbuot kotibasiisoblanadi va uning qiziqishlarini ham muhokama qilishi mumkin. Gap shartnoma detallari haqida ketdi.

"Barselona" Grizmanning shartnomasida belgilangan 100 million evroni to'liq to'lab beradi, futbolchining o'zi esa 5 yillik shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Catalunya Radio