"Barselona" "Gremio" futbolchisini sotib oladi (FOTO)
02 dek 2017 11:22
Yangiliklar
"Barselona" "Gremio" futbolchisini sotib oladi (FOTO)
"Barselona" "Gremio" yarim himoyachisi Artur de Oliveyra Meloni xarid qilish ustida ishlamoqda.
Kataloniya klubi vakillari Portu-Alegriga tashrif buyurib, 21 yoshli futbolchining agenti Xorxe Machado bilan uchrashishdi, o'yinchining o'ziga esa "Barselona" futbolkasini sovg'a qilishdi. Agentning so'zlariga ko'ra, Arturga bu sovg'a juda yoqqan. Malumotlarga ko'ra, futbolchining shartnomasidagi tovon puli 50 mln. evro.
Artur Braziliya chempionatining 27ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar