"Barselona" futbolchisi: "Yuventus"ga o'tishga yaqin edim"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019, 17:33
"Barselona" himoyachisi Kleman Langlening so'zlariga ko'ra, u "Nans" safida to'p tepayotganida "Yuventus"ga o'tishi mumkin edi.

"Nansi" safida 10ta uchrashuvda maydonga tushganimdan so'ng, "Yuventus" otam bilan bog'landi, klub menga qiziqish bildirayotgan edi. Xatto Turinga borib, mahalliy sport markazini ko'rib kelganman. Otam bilan "Yuventus" - "Empoli" uchrashuvini stadiondan kuzatdik. Ammo o'sha payt klub menga juda yirikdek ko'rindi. 18 yoshda edim. Buning ustida o'sha paytda Turin klubi sharafini Kellini, Barcali va Bonuchchi himoya qilardi. "Yuventus"ga o'tish katta tavakkal edi.

Moliyaviy jihatdan taklif juda yaxshi bo'lgan. Ammo tavakkal qilishni istamadim. Ota-onam bilan kelishib, Fransiya klubida qolishga qaror qildim. Bunday yirik klubga rad javobini berish qiyin, biroq bundan afsuslanmayman" - deydi Langle.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com