"Barselona" futbolchisi Valverdedan uni qo'yib yuborishni so'radi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2018, 18:45
"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh jamoani tark etmoqchi.

Futbolchi JCH-2018 oldidan kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va Gomesh jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdedan uni qo'yib yuborishni so'ragan. Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush avvalgidek 24 yoshli futbolchiga ishonch bildirmoqda, ammo mundial borasida hech qanday kafolat yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra, Valverde Gomeshni jamoada olib qolishga harakat qiladi, chunki mavsumning eng og'ir pallasi yaqinlashmoqda, biroq portugaliyalik yanvarda jamoani tark etish niyatida. Hammasi "Barselona" rahbariyati qaroriga bog'liq.

Gomeshga "Yuventus" qiziqish bildirayotgan edi. Oldinroq, "Barselona" Gomeshni 30 mln. evrodan arzonga sotmasligi e'lon qilingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es