So’nggi yangiliklar

15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  12 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  9 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  65

"Barselona" futbolchilari klub bazasiga qanday mashinalarda tashrif buyurishdi va ularning narxi qancha? Yangiliklar

"Barselona" futbolchilari klub bazasiga qanday mashinalarda tashrif buyurishdi va ularning narxi qancha?

Kecha, 6 may kuni "Barselona" futbolchilari Ispaniyada karantin elon qilingandan so'ng ilk marta Kataloniya klubi bazasiga tashrif buyurishdi.

Klub vakillari mashg'ulotlarga qaytish uchun bazada koronavirusga test topshirishdi. Futbolchilar "Barselona" bazasiga o'z mashinasida etib kelishdi. Biz Kataloniya klubi vakillari qanday mashinalardan foydalangani va ularning narxi bilan qiziqdik.



Portugaliyalik Nelson Semedu foydalanyotgan avtomobil Mercedec-Benz kompaniyasining G klassiga tegishli AMG G 63 SUV modeli hisoblanadi. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak - Gelendvagen. Ushbu "toychoq"ni 195 000 AQSH dollariga xarid qilish mumkin.



 Qimmatbaho buyumlarni xush ko'ruvchi chililik Arturo Vidal mashina sotib olishda ham pulni ayamagan. BRABUS 800 - MERCEDES-AMG G63 deb nomlanuvchi avtomobilning narxi 366 000 evroni tashkil qiladi. Malumot uchun: BRABUS - mashina ishlab chiqaruvchi kompaniya emas, ular transportlarning tyuningi bilan shug'ullanadi.



Braziliyalik Artur esa chililik Arturdan ancha arzon mashina minadi. Ushbu Range Rover SVR ning narxi -  115 000 dollar. 575 ot kuchiga ega "tulpor"ning maksimal tezligi 210 km/soat.



Luis Suares qitadoshi Artur Melo kabi Range Rover dan foydalanadi. Biroq urugvaylikning RANGE ROVER SPORT AUTOBIOGRAPHY DYNAMIC nomli mashinasi biroz arzon - 89 000 dollar.



Frenki De Yong bazaga Porsche Cayenne Turbo Coupé mashinasida tashrif buyurdi. 550 ot kuchiga ega ushbu avtomobil 3,9 soniya ichida 100 km/soat tezlikka erishadi va uning maksimal tezligi 286 km/soatni tashkil qiladi. Narxi - 130 000 dollar.



Jerar Pike futbolda katta tezlikda yugura olmasada, uning mashinasi o'zining maksimal tezligi bilan maqtana oladi. 568 ot kuchiga ega Aston Martin Vanquish soatiga 324 km. tezlikka erishishi mumkin.



6 may kuni "Barselona" sport shaharchasiga tashrif buyurgan futbolchilar orasida eng qimmat mashinalardan birini Antuan Grizmann minib keldi. Rolls-Royce Cullinan nomli "temir tulpor"ning narxi 325 000 dollardan boshlanadi.  Ushbu lyuks avtobomil 571 ot kuchiga ega.




Lionel Messi dunyoga mashhur Mercedec-Benz kompaniyasining AMG GLE 63 S 4MATIC Coupe nomli modelida klub bazasiga tashrif buyurdi. Ushbu "temir tulpor"ning narxi 119 000 dollarni tashkil qiladi. 585 ot kuchiga ega mashina 4,2 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi.


Jasur Aslanov tayyorladi. Suratlar Gettyimages saytidan olindi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика