“Barselona” etakchisiga 2030 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi
17 fev 08:54
Yangiliklar
“Barselona” etakchisiga 2030 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi
“Barselona”ning etakchilaridan biri Ronald Arauxo bilan uzoq yillik yangi shartnoma tuzmoqchi.
Klubning sport direktori Deku 24 yoshli futbolchi bilan uchrashgan va himoyachini yaqin orada sardor qilib tayinlamoqchi ekanligini va 2030 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma berish niyatida ekanligini malum qilgan.
Urugvaylik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar tuzilgan. Uni ushbu yozda bir qator grand jamoalar o'z safida qo'shib olishi mumkinligi haqida bir necha marta xabarlar chiqqandi.
Fikrlar