"Barselona" Emersonning "Betis"dan qaytganini e'lon qildi

Alisher
2 iyun 2021, 14:38
"Barselona" "Betis"ga o'ng qanot himoyachi Emersonni ortga qaytarish haqida xabar qildi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 yoshli futbolchi 2019 yilning yanvarida "Atletiko Mineyro"dan xarid qilingandi. Uch tomonlama bitimda "Betis" ishtirok etgandi va braziliyalikni ikki mavsumga ijaraga olgandi.

Emerson "Betis"da umumiy 79ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona