“Barselona” “El Klasiko”dagi hakamlik ustidan shikoyat qildi
26 okt 2020 08:40
Yangiliklar
“Barselona” “El Klasiko”dagi hakamlik ustidan shikoyat qildi
Kataloniyaliklar rasman shikoyat yubordi.
“Barselona” La Liga 7-turi doirasida “Real”ga qarshi o'tgan o'yindagi bosh hakam Xuan Martines Manuera ustidan Ispaniya Qirollik futbol federaciyasiga rasmiy shikoyat yo'lladi. Malum bo'lishicha, kataloniyaliklar o'yinda belgilangan penalti nohaq belgilandi deb hisoblamoqda. Bu shikoyat orqali klub 2020/21 yilgi mavsum VAR sabab yuzaga kelgan qarorlarning bir qancha tanqidlarga sabab bo'layotganiga futbol federaciyasi etiborini qaratishga erishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona”—“Real” uchrashuvida Kleman Langle o'z jarima maydonchasida Serxio Ramosni futbolkasidan tortgani uchun bosh hakam VAR'ga murojaat qilib, “Real” foydasiga penalti belgilagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar