"Barselona" ECHLda klub antirekordini o'rnatdi
03 noy 2022 11:28
Yangiliklar
"Barselona" ECHLda klub antirekordini o'rnatdi
Kataloniyaliklar bu turnirdagi yurishini butunlay to'xtatdilar.
CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qotgan "Barselona" guruh bosqichini "Viktoriya" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2) bilan yakunladi. "Ko'k-anorranglilar" uch ochko olishdi, ammo darvozasi daxlsizligini saqlab qola olishmadi. Ular guruhning barcha o'yinlarida gol o'tkazib yuborishdi: "Bavariya" bilan o'yinlarda mag'lubiyat (0:2, 0:3), "Viktoriya" ustidan g'alaba (5:1, 4:2) va "Inter" bilan qarama qarshiliklar (0:1, 3:3).
"Barselona" birinchi marta CHempionlar Ligasi guruh bosqichidagi birorta o'yinni "quruq" o'tkazmadi.
Etiborlisi, "ko'k-anorranglilar" ayni damda Ispaniya chempionatida eng ishonchli himoyaga ega – 12 turda 4 ta gol o'tkazib yuborilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar