So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

"BARSELONA" ECHL G'OLIBI! Yangiliklar

"BARSELONA" ECHL G'OLIBI!

"Yuventus" va "Barselona" uchrashuvigacha bo'lgan tadbirlarning va o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
                             MATNLI TRANSLYACIYA

                                       YANGILASH



                               MES QUE UN CLUB


KUBOK "BARSELONA"GA TOSHPIRILDI va ECHL madhiyasi yangramoqda! 


- NAVBAT "BARSELONA"GA!





- Taqdirlash navbati "Yuventus"ga.


- Infantino va Platini hakamlarni taqdirlashdi.




Kun latifasi! Tomas Vermalen "Barselona" safida bir marotaba maydonga tushib, 3ta sovrin yutib oldi!


"Yuventus" muxlislari xafa bo'lmang! Axir ular amaldagi CHempionlar ligasi g'olibini mag'lub etib, finalgacha etib keldi. Hurmatimiz cheksiz!


Barcha "Barselona" muxlislarini chempionlik bilan tabriklaymiz. Taqdirlash marosimini ham etiboringizga havola etamiz.


90+7. 1:3 NEYMARRR!!!! Qarshi hujumda Neymar "Yuventus" ertagiga yakun yasadi.


90+6. Eng so'nggi hujum. Markizio karate uslubida Alvesga zarba berdi. So'nggi hujum


90+5. Qo'shib berilgan vaqt ham yakunlandi.


90+4. Suares yana yiqildi. O'zgarish. Suares o'rniga Pedro.


90+3. "Barsa" qarshi hujumda burchak to'piga erishdi!


90+2. TEVESSS!!!! Ter SHtegen o'z o'rnida!


90+1.O'zgarish.  Rakitich o'rniga Jeremi Mate.


90+. Finalga 5 daqiqa qo'shib berildi.


90. So'nggi daqiqa boshlandi.


89. O'zgarish. Evra o'rniga Koman.


88. Evra maydonda yotibdi. O'zi oyog'ini qayirib olgan ko'rinadi.


87. Pereyra to'pni o'zidane uzoqlashitirib yubordi va hujum bartaraf etildi.


86. Suares maydonda yiqilib yotibdi. Jarohat olgan ko'rinadi.


85. O'zgarish. Morata o'rniga Lorente.


84. Turinliklar qoida buzishda davom etyapti.


83. POgba qarshi hujumga o'tayotgan Dani Alvesni to'xtatib qoldi!


82. PIKEEE!!!! Rakitichning ajoyib to'p oshirishidan so'ng Pike darvozaga zarba berdi. Noaniq!




O'zgarish. Vidal o'rniga Pereyra.

79. POGBAAA!! IKKINCHI QAVATDA to'pni yutdi, ammo darvozaga aniq zarba bera olmadi.


77. O'zgarish. Inesta o'rniga XAVI! Buyuk XAVI! 


76. CHaqir xushtakni chaqirishi qiyin bo'lyapti! Kataloniya klubi qulay standartga ega bo'ldi! To'p qarshisida Messi. Darvozagacha 25 metr. Messining zarbasi noaniq.


74. TER SHTEGEN!!! Evraning bosh bilan zarbasini ter SHtegen mo'jiza tufayli qutqarib qoldi.


74. Messi yiqildi, ammo hakam jim. CHaqir o'ynashga ruhsat beryapti!


71. NEYMARRR!!!!  GOOLLL!!!!! YO'QQ!!! Hakam hisoblamadi! Ha, to'p Neymarning qo'liga tekkan ekan.


69. Sariq kartochka. Suares qo'pollik ishlatdi.


Bu gol Morataning goliga o'xshab ketdi.

68. GOOOLLLLL!!!!! SUARESSSS!!! Messining zarbasidan qaytgan to'pni Suares darvozaga mixlab qo'ydi.




67. O'yinning harorati oshib boryapti! Qaysi jamoa gol ursa o'sha g'olib bo'lishi mumkin.


64. POGBAAA! Uning kuchli zarbasini ter SHtegen ushlab oldi!


64. INESTA!!!! Turgan joyida qanday o'girilib olish mumkin. Qoyil!!!


63. TEVESSS!!!!! Tevesning zarbasi biroz noaniq!


62. Messi bir nimalar qilishga urinyapti, ammo hozircha o'xshayotgani yo'q.


61. Italiyaliklar uyg'ondi


60. "Yuve"Da qarshi hujum, hujum navbati "Barsa"da! Ammo foyda yo'q ikkala hujumdan ham!


59. "Barselona" dovdirashni boshladi!


57. Turinliklar ana endi bor kuchini ko'rsatadi, ular zebra emas, ular yo'lbars!


Hisob tenglashdi! Ana endi hammasi boshlanadi!!!

55. GOOOLLLLLL!!!! TEVESning zarbasini qaytargan ter SHtegen Morataning zarbasiga ulgurmadi!!!


54. "Keksa sinor" pressingni oshiryapti.


52. Kataloniya klubi muxlislari o'z jamoasining har bir to'p oshirishiga OLE deya baqirishyapti.


51. MESSI!!!! Tika-taka orqali jarima maydonchasiga kirgan Messi darvozaga zarba berishda biroz adashdi.!


49. SUARESSS!!!!!! Birinchi urinishda to'pni jarima maydonchasiga tashlay olmagan Suares, ikkinchi urinishda darvozaga zarba berdi. NOANIQ!


48. "Yuve"da jarima zarbasi. To'p qarshisida Pirlo. Andrea Pirlo to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi, Pike to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Qarshi hujum. BUFFFOOONNN!!! 5 ga 3 chiqayotgan kataloniyaliklar Buffon tufayli gol ura olmadi.


47. Ikki jamoa tarkibida hozircha o'zgarish bo'lgani yo'q.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Faqat bir marotaba Italiya klubi finalda mag'lub bo'layotib, irodali g'alabaga erishgan. Milan - Benfika 2:1 (1963 yil)


Jamoalar eskalatorda maydonga qaytishyapti.




Birinchi bo'lim statistikasi!

YuventusStatistikaBarselona
6Zarba7
1Aniq zarba4
3Burchak to'pi4
0Offsayd0
14Qoidabuzarlik4
2Sariq kartochka0






TANAFFUS!


45. MEEESSSSIII!!!! Jarima maydonchasiga Leo yorib kirdi, ammo to'p oshirishi o'xshamadi.


44. SUARESS!!! Buffonning jamoadoshiga etkazib bergan to'piga birinchi bo'lib Neymar etib keldi va u to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Suaresga etkazib berdi. Luisni biroz bo'yi etmadi. Aks holda hisob o'zgargan bo'lar edi.


41. Pogba Messini yiqitdi. Kartochka bor.


40. Suaress!!! Yana qarshi hujumda kataloniyaliklar va yana Suaresdan zarba, bu safar Buffondan seyv va burchak zarbasi.


39. SUARESSS!!!! Bir o'zi raqib jarimay maydonchasiga kirdi va bir amallab zarba berdi. Buffon ham bu to'pga eta olmadi, ammo gol emas.


37. "Barselona"ning tika-takasi tufayli golli hujum amalga oshishiga bir bahiya qoldi. 


36. Ushbu vaziyat takroran ko'rsatilganda, penalti yo'qligi malum bo'ldi. Alba Pogbani yiqitmagan.


35. PENALTIII   MI?????? "Yuventus"ning deyarli barcha futbolchisi CHaqirga etiroz bildiryapti.


35. Yo'q, burchak zarbasi oshirilmadi, o'ynab ketildi va hujum o'z-o'zidan bartaraf bo'ldi.


34. Turinliklarda burchak zarbasi. Gol bo'lishi mumkin. Kuzatamiz!


33. "Yuventus" futbolchisining raqib jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Pike qaytardi.


32. Hozircha vaqt kataloniyaliklarning to'p oshirishlari bilan o'tyapti.


30. Turinliklar to'pni olib qo'yish uchun qoida buzishga majbur bo'lishyapti.


29. Hozircha Messi ko'ringani yo'q, undan ham qandaydir sehrli harakatlar kutib qolamiz.


28. "Barsa" qanotlardan jarima maydoniga kirib borishga urinyapti, ammo bu "Yuventus"ku!


27. Kataloniyaliklar o'yin tempini pasaytiryapti.


25. MARKIZIOOOOO!!!! Alba o'z jarima maydonchasi ichida to'pni tepib yubormay oldirib qo'ydi, Markizio esa jarima maydonchi chizig'i ustidan zarba berdi, biroz noaniq!


24. Morata!!!! Alba Alvaroning zarbasini to'sa olmadi, ammo kataloniyaliklarning baxtiga zarba noaniq bo'ldi.


23. Tevesning zarbasi huddi golga o'xshadi, ammo bu biz o'ylagandek emas.




22. "Barselona" hujumga o'tganda, himoyada faqat Pike qolyapti.


20. XAVFLIII VAZIYATTT!! Pogba chap qanotda to'pini TEvesga tashladi, ammo Maskerano bu golni yo'qqa chiqardi.


Goldan so'ng Luis Enrike Maskeranoga nimalarnidir aytdi.



18. "Yuve" ham tika-takani boshladi. To'p bilan turinliklar.


17. Darvozaga zarba berish bo'yicha hisob 2:4. Aniq zarbalar bo'yicha esa 0:2. "Barsa" oldinda.


16. Rakitichning erlatib oshirgan to'pini Alba darvozaga yo'llay olmadi. Buffon to'pni o'yinga kiritadi.


15. Jarima to'pini o'yinga kiritib yuborishdi, ammo turinliklar to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak to'pi.


14. Neymarga qarshi qoida buzishdi. Vidal o'zini bosib olishi shart!


13. BUFFFOOOONNN!!! Dani ALveshning zarbasini BUFFON QAYTARDI! JUda yaqin masofa edi!!!! Barakalla JIJI!!


12. "Yuve" himoyada to'pni oldirib qo'ydi, ammo ispanlar zarba bera olmadi. Keyingi vaziyatda Messining to'p oshirishidan so'ng Neymar to'pga biroz ulgurmadi.


Messi golli hujumda ishtirok etmadi.



11. Sariq kartochka. Vidal! Arturo 3 marta qoida buzdi va hakam uni jazoladi.


10. Kataloniyaliklar to'pga egalik qilish bo'yicha statistik malumotlarni o'z tomoniga og'diryapti.


9. NEYMARRRR!!!!! Braziliyalik jarima maydonchasi chizig'i ustidan Buffon darvozasiga zarba berdi. Noaniq!


8. VIDALLL!!!!!! MORATAning ajoyib to'p oshirishidan so'ng Arturo to'pni darvozadan biroz yuqoriroqqa tepdi! Afsus!


7. Vidal yana "Barselona" futbolchisini yiqitdi. Kartochka yo'q.


6. Vidal Inestaga qo'pollik ishlatdi. CHaqir chililik futbolchiga o'zini bosib olishni maslahat berdi.


4. GOOOOLLL!!! RAKITICHCHCH!!!!!! "Yuve" jarima maydonchasi ichida kataloniyaliklar ajoyib kombinaciya uyushtirdi. Nemar va Inestaning to'p oshirishidan so'ng Rakitich hisobni ochdi!


3. Neymar chap qanotda aut chizig'i oldida raqibning uch futbolchisiga qarshi chiqishga urindi, ammo bu "Yuventus".


2. Maskeranoning tizzalari titrayapti shekilli, u to'pni oyog'ida ushlab tura olmayapti.


1. O'yinda ikl zarba. Darvozabon xato qildi va Teves darvozaga zarba berishga harakat qildi. To'p osmonga uchib ketdi. "Barselona" dovdirashni boshladi. Hayjonda bo'lib turadi.


Barcha etibor o'yinga, maydonga, "Yuve" va "Barsa"ga qaratiladi!

1. Uchrashuv boshlandi!


"Yuventus" - "Barselona" 1:2, 

Gol: Rakitich 4, Morata 55, Suares 68.

"Yuventus": Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Barzali, Evra (Koman 89), Markizio, Pirlo, Pogba, Vidal (Pereyra 79), Teves, Morata (Lorente 85).

"Barselona": Ter SHtegen, Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich (Mate 90+1), Buskets, Inesta (Xavi 77), Messi, Suares (Pedro 90+5), Neymar.

Ogohlantirishlar: Vidal 11, Pogba 41, Suares 69.





- Ikkala jamoa bir-biri bilan ko'rishib chiqdi, navbat to'pni yoki darvozani tanlashga.


- Bizning sevimli ikkinchi madhiyamiz boshlandi! Tinlaymiz rohatlanamiz, kuylaymiz!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishyapti!!! OLG'AA!!!!


Bu Pogbami?





- Brandenburg darvozalari namoyish etildi. Bu BERLIN timsolidir.


- Ajoyib qo'shiq fonida maydonda turli xil shakllar aks etyapti.


- Maydonda final tadbiri boshlandi. Bayramda ishtirok etayotgan ko'ngillilar CHempionlar ligasini to'pi yaratishdi.


- O'zbekistonda tun yarmidan oqqanda, transyalciya studiyamiz muxlislar uchun yilning eng muhim uchrashuvini sharhlashga tayyor ekanligini bildirdi.


Stadion deyarli to'lib bo'ldi










"Yuventus"ning finaldagi asosiy tarkibi: 

Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Barzali, Evra, Markizio, Pirlo, Pogba, Vidal, Teves, Morata.


"Barselona"ning finaldagi asosiy tarkibi: 

Ter SHtegen, Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich, Buskets, Inesta, Messi, Suares, Neymar.


22:30 "Yuventus" futbolchilari



"Yuventus" kiyinish xonasi







Bugungi mozaykalar mana shunday bo'ladi









21:40 bir necha daqiqada so'ng stadionga kirish eshiklari ochiladi



"Yuventus" taraf



"Barselona" muxlislari o'tiradigan tomon




20:30


Final uchun maxsus bayramga tayyorgarlik ko'rilmoqda




Muxlislar asta-sekin stadion atrofiga to'planishyapti


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика