"Barselona" Denis Suares tufayli "Manchester Siti"ga yana 800 ming evro o'tkazib beradi. Nega?
17 sen 2017 12:09
Yangiliklar
"Barselona" Denis Suares tufayli "Manchester Siti"ga yana 800 ming evro o'tkazib beradi. Nega?
Kecha "Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares "Xetafe"ga qarshi bahsda o'zining Kataloniya klubidagi 40 uchrashuvini o'tkazdi va gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Kataloniyaliklar endi "Manchester Siti" hisobiga 800 ming evro o'tkazib berishi kerak. Bunga sabab - Suares 2013 yilda "Barselona"ga o'tayotganda kelishuvga quyidagi shart qo'shilgan:
Futbolchi "Barselona"ning asosiy jamoasida o'tkazgan har o'n (10) o'yini uchun klub "shaharliklar"ga 800 ming funt to'lab boradi va bu yuzta (100) bahsgacha davom etadi.
Kataloniya klubi 2013 yilda Denis Suaresni "Manchester Siti"dan 3,2 mln. evroga sotib olgan. Agar yarim himoyachi ko'k-anorranglilar safida 100ta o'yin o'tkazsa, "Barselona" umumiy qilib hisoblaganda "Siti" hisobiga 11,2 mln. evro o'tkazib bergan hisoblanadi.
Fikrlar