"Barselona" Dani Alvesga yiliga 9 mln. evrolik maosh taklif qilishi mumkin
20 apr 2015 11:10
Yangiliklar


"Barselona" Dani Alvesga yiliga 9 mln. evrolik maosh taklif qilishi mumkin
"Barselona" rahbariyati himoyachi Dani Alvesni jamoada olib qolish uchun bor kuchini ishga solmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Kataloniya klubi prezidenti muzokara o'tkazish uchun Dani Alves bilan uchrashdi. Ammo uchrashuvda futbolchining agenti Dinora Santa Ana ishtirok etgani yo'q.
"Barselona" Alvesga yangi shartnoma va yiliga 9 mln. evro taklif qilishi mumkin. Oldinroq ispan grandi unga 5 mln. evrodan ko'proq taklif qilayotgan edi.

Fikrlar