"Barselona" Buskets bilan muzokaralarni boshlaydi
28 fev 2023 12:09
Yangiliklar
"Barselona" Buskets bilan muzokaralarni boshlaydi
Kataloniya klubi Serxio Buskets bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishadi.
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" tajribali yarim himoyachisi Serxio Busketsning joriy mavsum oxirida hozirgi klubi bilan bitimi nihoyasiga etadi.
Jamoa ustozi Xavi Ernandes 34 yoshli futbolchini yana bir yilga "Kamp Nou"da saqlab qoladigan yangi kelishuvga erishish niyatida. Agar u yaqinda boshlanadigan muzokaralar yakunida ham klubni tark etishda qatiy tursa, uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan nomzodlarga etibor qaratiladi.
"Real Sosedad" yarim himoya chizig'i vakili Martin Subimendi "ko'k-anorranglilar"ning hozirgi paytdagi eng asosiy nishoni bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar