"Barselona" Bundesliga yulduzlaridan biriga ko'z tikdi
01 dek 2024 23:17
Yangiliklar
"Barselona" Bundesliga yulduzlaridan biriga ko'z tikdi
"Barselona" vakillari Evropa ligasi 5-tur doirasidagi "Midtyulland" va "Ayntraxt" (1:2) jamoalari o'rtasidagi o'yinga nemis jamoasi hujumchisi Omar Marmushning o'yinini kuzatish maqsadida tashrif buyurishdi.
"Barselona" prezidenti 36 yoshli Robert Levandovskining o'rinbosari bo'la oladigan yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Marmush shunday futbolchilardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 11ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar