So’nggi yangiliklar

13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  3 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2

"Barselona" bilan 21ta sovrin yutgan darvozabon haqida nimalar bilasiz? Yangiliklar

"Barselona" bilan 21ta sovrin yutgan darvozabon haqida nimalar bilasiz?

Kecha "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq posboni Viktor Valdes futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi. Biz uning faoliyatiga etibor qaratamiz.

Futbolchilik faoliyati
Viktor Valdes Arribas 1982 yili 14 yanvar kuni Kataloniyaning Ospitalet-de-Lobregat shahrida dunyoga kelgan. Viktor Valdes futbolchilik faoliyatini 1992 yili “Barselona”ning yoshlar jamoasida boshlagan. Valdes “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SHunday bo'lsada Viktor oilasi bilan Tenerife shahriga ko'chib kelgan va jamoani tark etgan. Oradan 3 yil o'tgan Valdes sobiq jamoasiga qaytib kelgan. Valdes “Barselona”ga qaytgach u tezda sport cho'qqisiga qayta oldi. 2002/2003 yili dargentinalik Roberto Bonanoga raqobatchi darvozabon bo'lgan. Ammo argentinalik posbonning ishonchsiz o'yinlaridan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Radomir Antich Viktor Valdesga “Barselona”ning asosiy tarkibidan joy ajratgan. 2003/2004 yili jamoaga turkiyalik mashxur posbon Ryushtyu Rachber kelgandan keyin ham Viktor birinchi raqamli darvozabon bo'lib qoldi. 2004/2005 yili darvozabon “ko'k-anorranglilar” tarkibida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va olti yilda “Barselona”ga birinchi sovrinni olishga yordam bergan. SHuningdek Valdes Ispaniya chempionatida eng yaxshi darvozabonlarni taqdirlaydigan Rikardo Samoraning qo'lidan sovrin olgan. 2007 yil 17 iyun kuni Ispaniya chempionatining so'ngi turida Viktor “Barselona” klubida darvozabonlar rekordini qayd etgan Andoni Subisarretani rekordini takrorladi. Subisarreta va Valdesdan boshqa hech bir darvozabon “Barselona” tarkibida chempionatdi boshidan oxirigacha barcha uchrashuvlarda ishtirok etmagan.

“Manchester Yunayted” va "Midlsbro"
2015 yili qahramonimiz Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 2015 yil 17 may kuni Valdes “Arsenal”ga qarshi uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan va o'z darvozasidan bitta to'p olib chiqqan. Ushbu bahs Viktor uchun “qizil iblislar” tarkibidagi birinchi o'yin bo'lgan. 24 may kuni posbon Xall Siti”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga chiqqan va o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Valdes mavsum oralig'ida har yili AQSHda bo'lib o'tadigan turnirda klub bilan qo'shma shtatlarga bormagani uchun “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bilan janjallashib qolgan. Mavsum boshida murabbiylar shtabi Viktor Valdesni qaydnomaga kiritmadi va u jamoadan ketishi kerakligi tushunib etgan. Ammo Valdes yozgi transfer oynasi vaqtida ham klubni tark etmagan.  2016 yil 24 yanvar kuni darvozabon “Standard” jamoasiga ijara asosida ko'chib o'tgan. 2016 yilning 7 iyul kuni erkin agent sifatida Angliyaning “Madlsbro” jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. O'tgan mavsumda “Midlsbro” Premer-ligadan quyi ligaga tushib ketgan va tomonlar o'zaro kelishgan xalto shartnoma bekor qilingan.

SHaxsiy hayoti
Viktor Valdes Yolanda Kardona bilan uchrashib qolgan va turmish qurishgan. 2009 yil 20 avgust kuni ular o'g'il farzand ko'rishgan va chaqaloqqa Dilan deb nom berishgan. 2012 yili 16 noyabr kuni Viktorning ikkinchi o'g'li dunyoga kelgan. Unga Kay deb ism qo'yishgan. 2013 yil 3 oktyabr kuni rafiqasi Viktor Valdesga qizcha dunyoga keltirgan va unga Vera deb nom berishgan.


YUTUQLARI
“Barselona”
Ispaniya chempioni (6): 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13
Ispaniya kubogi sohibi (2): 2008/09, 2011/12
UEFA kubogi sohibi(3): 2005/06, 2008/09, 2010/11
UEFA Superkubogi sohibi (2): 2009, 2011
Klublar o'rtasida jahon chempioni (2): 2009, 2011
Barcha sovrinlar: 21ta sovrin
Belgiya chempionati  “Standard” klubi
Belgiya kubogi sohibi: 2015/16
Barchasi: 1ta sovrin

Ispaniya terma jamoasi
Jahon chempioni: 2010
Evropa chempioni: 2012
Barchasi: 2ta sovrin
Samora sovrini (5): 2004/05, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12
Ispaniya chempionatida eng yaxshi darvozabon (2): 2009/10, 2010/11
ESM versiyasi bo'yicha yil jamoasi: 2010/11

To'liq malumot
Tug'ilgan yili 14 yanvar 1982 yil (35 yosh) Ospitalet-de-Lobregat, Ispaniya

Fuqaroligi - Ispaniya
Bo'yi
183 sm
Vazni 78 kg
Ampluasi Darvozabon

KLUBDAGI FAOLIYATI  
Yoshlar faoliyati
1992  Ispaniya “Barselona”
1992—1995 Ispaniya “Tenerife”
1995—2000 Ispaniya “Barselona”
Professional faoliyati
2000—2014  Ispaniya “Barselona”  387 (-320)
2000—2002  Ispaniya “Barselona B” 77 (-55)
2015—2016  Angliya “Manchester Yunayted” 2 (-1)
2016  Belgiya “Standard” (Lej) 6 (-11)
2016—2017  “Midlsbro”  28 (-36)
Milliy terma jamoa
2000—2001  Ispaniya (18 yoshgacha)  11 (-4)
2001  Ispaniya (19 yoshgacha)  3 (-1)
2001  Ispaniya (20 yoshgacha)  1 (-1)
2002—2003  Ispaniya (21 yoshgacha)  11 (-4)
2010—2014  Ispaniya milliy terma jamoasi 20 (-9)


Jahongir Sotvoldiev 


Viktor Valdesning faoliyatiga nazar (FOTO)

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика