“Barselona” “Ayaks”ning 21 yoshli futbolchisiga ko'z olaytiryapti
10 iyu 2018 10:20
Yangiliklar
“Barselona” “Ayaks”ning 21 yoshli futbolchisiga ko'z olaytiryapti
Ispaniya chempioni “Barselona” Amsterdamning “Ayaks” klubi markaziy yarim himoyachisi Frenki de Yongni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Kelayotgan hafta boshida kataloniyaliklar Gollandiya yoshlar terma jamoasi 21 yoshli futbolchisining agenti bilan uchrashadilar va shartnomaning shaxsiy bandlari bo'yicha kelishib oladilar. De Yongning transferi “Barselona” 30-35 million evroga tushadi.
Aslida ko'k-anorranglilar futbolchini 2019 yilning yozida sotib olishni rejalashtirishayotgandi. Lekin ingliz klublarining de Yongga qiziqishi ortib borayotgani sabab “Barselona” qamchini tezroq urib qolmoqchi bo'lyapti.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar