“Barselona” “Ayaks” futbolchisi borasida kelishuvga erishdi
23 sen 2020 08:34
Yangiliklar


“Barselona” “Ayaks” futbolchisi borasida kelishuvga erishdi
Serjino Dest faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
“Barselona” va “Ayaks” klublari himoyachi Serjino Dest borasida kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 20 mln evro evaziga “Barselona”ga o'tadi. SHuningdek, Amsterdam klubi 5 mln evro bonusga ega bo'lishi mumkin.
Amerikalik futbolchi o'tgan mavsum “Ayaks” safida 35 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar