So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  13 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

"Barselona" - "Atletiko" Yangiliklar

"Barselona" - "Atletiko"

Bugun, 4 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da "Barselona" hamda "Atletiko" o'rtasidagi LaLiga 27-turining markaziy uchrashuviga start beriladi.

Ushbu uchrashuvga oid malumotlar, jamoa haqida yangiliklarni mana shu prevyuda bilib olasiz.


Turnir jadvalidagi holat

Ushbu o'yinda chempionat g'olibligi uchun kurashayotgan asoiy davogarlar kuch sinashadi. "Barselona"ning "Las-Palmas"ga qarshi bahsdagi omadsizligi intrigani qaytardi. Biroq "matraschilar" shunchaki Kataloniya klubi ortida o'tirish o'rniga, qolgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishi kerak. Ko'k-anorranglilar hozirgacha LaLigada 66 ochko to'pladi, raqib esa 5 ochko orqada. Bu o'yinda madridliklarni nafaqat muxlislar, balki "Real" va "Valensiya" ham qo'llab-quvvatlaydi.


Jamoa yangiliklari

"Barselona"

Vueling Airlines aviakompaniyasi o'z prezidenti Xaver Sanches-Prietoning "Barselona" hujumchisi Lionel Messi nomiga aytgan so'zlari uchun uzr so'rashiga to'g'ri keldi. "Biz hech qachon biror futbolchi bilan bahslashishni xohlamaganmiz. Messi bizga hech qanday muammo tug'dirmaganligini tasdiqlay olamiz" - deyiladi kompaniya matbuot-xizmati bayonotida. Oldinroq, Sanches-Prieto Barselonadagi yangi terminal Lionel Messining uyiga yaqin ekanligi tufayli qurilmasligini aytgan edi. "Messi shu yaqin o'rtada istiqomat qilgani uchun aeroportni kengaytirish mumkin emas. Bunaqasi dunyoning hech bir joyida bo'lmaydi" - deydi Sanches-Prieto. Rasmiy raddiyaga ko'ra, aeroport kengaytirilishi Messi yashaydigan Gava shaharchasining ekologiyasiga salbiy tasir qiladi.

"Barselona" hamda "Las-Palmas" o'rtasidagi LaLiganing 26-tur o'yinida (1:1) Kataloniya klubi darvozasi tomon belgilangan penalti ko'pchilikda shubhaga sabab bo'ldi. 11 metrlik nuqtani ko'rsatgan Mateu Laos "Barselona"ning rekordini yakunladi. LaLiga doirasidagi 78ta uchrashuvda ko'k-anorranglilar darvozasi tomon penalti belgilanmagan edi. Klub bu rekordni o'rnatishi uchun 2 yil kerak bo'ldi.


"Atletiko"

"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti klub bilan shartnomasini 2023 yilning yozigacha uzaytirdi. "Men doimo ter to'kib mehnat qilishga harakat qilaman, asosiy jamoagacha etib kelish juda qiyin bo'ldi. Bu klub safida to'p tepayotganimdan faxrlanaman. O'yin amaliyotiga ega bo'lyapman va bundan mamnunman. Jamoamiz yaxshi formada va so'nggi vaqtlarda ko'plab gollar urmoqda. Yuqori o'rinlar uchun kurashni davom ettiramiz" - deydi Tomas. Ganalik yarim himoyachi 2011 yildan beri "Atletiko" klubida shug'ullanmoqda. Joriy mavsum 24 yoshli Tomas LaLiganing 24ta uchrashuvida ishtirok etdi va 3ta gol urdi.

"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "matraschilar" safida 100-golini urdi. Franciyalik "Leganes"ga qarshi bahsda (4:0) poker qayd etdi. Ayni damda uning madridliklar safida urgan gollari soni 103ta. So'nggi to'rt mavsumda ispan klublari orasida Grizmanndan faqat Lionel Messi "("Barselona" - 183), Krishtianu Ronaldu ("Real" - 182), Luis Suares ("Barselona" - 144) va Aric Aduris ("Atletik" - 104) ko'p gol urdi. Grizmann 2014 yilda "Real Sosedad"dan "Atletiko"ga o'tgan edi. O'sha paytdan beri franciyalik futbolchi poytaxt klubi safida 192ta o'yin o'tkazdi (barcha turnirlarda).


Asosiy futbolchilar

Lionel Messi


"Barselona"ning argentinalik hujumchisi uzoq vaqtdan beri yuqori saviyada to'p tepmoqda va aynan shu tufayli Kataloniya klubi barcha turnirlarda g'oliblik uchun kurashib kelmoqda. Messi xotirjamlik bilan yangi rekordlar qo'ymoqda va erishilgan natijalar bilan to'xtab qolishni istamayapti. Masuliyat yuqori bo'lgan o'yinlar, "Atletiko" bilan uchrashuv - aynan shunday bahslar safiga kiradi, Lionelni yanada ko'proq ilhmolantiradi. Messi bazida uzoq vaqt davomida maydonda ko'rinmay qolsada, uning etakchilik sifatlari shubhaga borishimizga yo'l bermaydi, Leoning o'yinni his qilish qobiliyati yildan-yilga kuchayib bormoqda.


Antuan Grizmann


LaLiganing so'nggi turida "Atletiko" "Leganes"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi barcha gollarga Antuan mualliflik qildi. Bundan tashqari, avvalgi turdi franciyalik faoliyatidagi birinchi xet-trikni qayd etdi, endi esa poker. Antuan xohlagan uslubida gol urmoqda: Bosh bilan, qarshi hujumda, jarima zarbasidan... "Atletiko" natijalari Grizmannga bog'liq bo'lib qolmoqda. "Barselona" bilan bahsda "Sosedad" sobiq futbolchisi ajoyib formada ekanligini yana bir bor isbotlab, "bu vaqtincha" degan tanqidchilarga chiroyli javob berishi mumkin.


Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Yumtiti, Pike, Roberto, Paulino, Buskets, Koutino, Inesta, Suares, Messi.

"Atletiko": Oblak, Luis, Godin, Ximenes, Xuanfran, Partey, Niges, Koke, Korrea, Kosta, Grizmann.


O'yindan avvalgi firklar

Ernesto Valverde: "Atletiko" bilan bahs katta etibor yig'a oladigan uchrashuvlar sirasiga kiradi. Ikki jamoa ham kuchli va 3 ochko olishni istaydi. "Barselona" bu o'yinda g'alaba qozonish uchun bor kuchini ishga solishi kerak. "Kamp Nou" bizni qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi deb umid qilaman. Muxlislarning shovqiniga umid qilaman.


Serxio Buskets: Biz hali ham yaxshi holatdamiz, ustunlikka egamiz, biroq yakshanba kuni bizni og'ir kurash kutib turibdi. "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvda ikki muhim ochkodan ayrildik, biroq raqibning turnir jadvalidagi o'rnidan qatiy nazar bahs qiyin o'tishini bilardik.


Diego Simeone: Transfer oynasi hamma uchun bir kunda yopilsa yaxshi bo'lardi. SHundagina futbolchi, murabbiy va klublar o'zini xotirjam his qila olardi. Boshqa odamlarning shaxsiy ishiga burin tiqmayman. Gap moliyaviy foyda haqida ketayotgan bo'lsa, mayli, bu uning qarori. Futbolda hech narsa meni hayron qoldira olmaydi. Bunday narsalar doimo sodir bo'ladi.


Filipe Luis: Hech qachon "Kamp Nou"da g'olib bo'lmaganman. Bu men uchun chaqiruv. Barselonadagi maydon boshqacharoq: Juda keng va uzun. So'nggi yillarda biz u erda g'alabaga yaqin bo'ldik, shu sababli nega endi bu ishni navbatdagi bahsda bajarmasak? Durang? Yo'q, men hech qachon durang uchun o'ynaganman. Biz g'alaba qozonishni istaymiz. Hozir yaxshi natijaga erishish uchun ajoyib payt. "Barselona" kuchli jamoa, futbolchilari ham, biroq bizda albatta imkoniyatlar bo'ladi.

Messi qanotiga biriktirilgan futbolchi doimo aziyat chekadi. U qanotdan-qanotga o'tib doimo vaziyat qidiradi. Messining to'xtatish qiyin, shu sababli u ko'p qirrali futbolchi. Leoni to'xtatishning eng yaxshi yo'li - unga ikki futbolchini biriktirib qo'yish.


Bahsga oid qiziqarli malumotlar

- "Barselona" uyida o'tkazgan 24ta uchrashuvning (LaLiga) 22tasida g'alabaga erishgan.

- Kataloniya klubi uyidagi 24ta o'yinning (LaLiga) 23tasida kamida 2tadan gol urishga muvaffaq bo'lgan.

- "Atletiko" so'nggi oltita uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib kelmoqda (LaLiga).

- "Barselona" "Atletiko"ga qarshi o'tkazgan so'nggi 17ta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmay kelmoqda (barcha turnirlarda).

- "Atletiko" so'nggi 6ta o'yinning 5tasida darvozasini "quruq" saqlay oldi.

- "Matraschilar" so'nggi 3ta o'yinda kamida 2tadan gol urishdi.

Barcelona

Lionel Messi - 26'

LaLiga . 27-tur

04/03/2018, 19:15

0
:
1
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Camp Nou, 90356 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
26'  Lionel Messi
30'  Lionel Messi
36'  Andres Iniesta (Andre Gomes)
69'  Ivan Rakitic
84'  Philippe Coutinho (Paulinho)
31'  Sime Vrsaljko
57'  Jose Gimenez
59'  Sime Vrsaljko (Angel Correa)
66'  Gabi (Kevin Gameiro)
74'  Filipe Luis (Lucas Hernandez)

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика