So’nggi yangiliklar

02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  0 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  22 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  4 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  1 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   1 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2 23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   16 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  5 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  6 22:32Вадим Абрамов: "Бизнинг пенальти нега бекор қилинганига тушунмадим"  6

"Barselona" "Atletik"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Barselona" "Atletik"ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Atletik" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Ispaniya chempionati, 3-tur.

"Barselona" – "Atletik" 2:0

Kamp Nou

Gollar
: Neymar (79, 84).

"Barselona"
– Bravo, Montoyya, Mate, Alba, Pedro (Sandro, 78), Buskets, Inesta, Maskerano (Pike, 46), Rakitich, Munir (Neymar, 63), Messi.

"Atletik"
– Iraysos, M.Riko (Viguera, 83), Gurpegi, Laport, Balensiaga, De Markos, Iturraspe, Susaeta (Gomez, 63), Benyat (Unai Lopez, 63), Muniain, Aduris.

Ogohlantirishlar
: Aduriz (30), Buskets (63).

                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                             
YANGILASH


Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-saomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

O'yin tugadi! "Barselona" ishqibozlarini g'alaba bilan tabriklaymiz!

90+2`
Neymar o'z driblinglarini ishga soldi.

90`
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89`
"Barselona" yana gol urish ilinjida oldinga bordi. Ammo Moreno uchinchi golni o'tkazib yuborishga rozilik bermadi.

88`
"Atletik" tezroq o'yin tugashini xohlayotgandek...

87`
"Atletik" hujumga o'tmoqchi bo'ldi. Ammo bu urinish ham besamar ketdi.

86`
O'yin taqdiri hal deb bemalol aytsak bo'ladi shekilli?

84` GOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR!
Messi o'ng qanotdan yorib kirdi va to'pni markazda bo'sh turgan Neymarga uzatdi. Neymar esa to'pni o'ziga o'nglab oldi va darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi, - 2:0!

83`
"Atletik" jamoasida so'nggi o'zgarish. Mikel Riko o'rniga Viguera maydonga tushdi.

81`
Nihoyat "Barselona" o'z niyatiga erishdi. Neymar qulay vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Luis Enrike futbolchi almashtirishda adashmaganini isbotladi.

79` GOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR!
Hozirgina maydonga tushgan futbolchilar kataloniyaliklar joniga oro kirmoqda. Sandro Neymarni ajoyib vaziyatga chiqarib yubordi va Neymar Moreno bilan yakkama-yakka chiqib borib, hisobni ochdi - 1:0!

78`
"Barselona" tarkibida o'zgarish. Pedro o'z o'rnini Sandroga bo'shatib berdi.

77` Pike jarima maydonchasi ichida Muniainga qarshi juda qo'pol harakat qildi. Lekin...

76` "Atletik"ning xavfli hujumi!


74`
"Barselona"ning uyushtirayotgan hujumlari naf keltirayotgani yo'q. Messi bugun "Atletik" darvozasi tomon hozircha aniq zarba bera olgani yo'q.

73` Xavfli vaziyat!
Neymar va keyin Xordi Alba zarba yo'lladi. Besamar!

72`
"Atletik" qarshi hujumda harakat qilmoqchi bo'ldi. Lekin o'xshamadi.

71`
"Barselona" raqibini o'z jarima maydonchasi tomon berkitib qo'ymoqda. Rakitichning faolligi samarali yakunlanishiga oz qoldi. Lekin "Atletik" darvozasi bugun "qulflangan"!

70` Inesta - Neymar - Messi!
Lionel Messi bir metr masofadan to'pni darvozaga kirita olmadi! Neymar unga to'pni qulay tarzda uzatib bergandi, ammo uning tepgan to'pi osmonlarga uchib ketdi. Bu vaziyatga gol urmaslikdan ko'ra, gol urolmaslik qiyin edi...

68`
Neymar faol. Braziliyalik futbolchining darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

66`
Neymar jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam jim. O'yin davom etadi.

64`
"Atletik" safida ham o'zgarish. "Susaeta o'rniga Gomez, Benyat o'rniga esa Lopez maydonga chiqdi. "

63`
Munir o'rniga Neymar maydonga tushdi. Qani Neymar nima karomat ko'rsatarkin?

63` Serxio Buskets hakam tomonidan ogohlantirildi.

61`
"Atletik" to'pni ko'proq o'zida saqlab turish orqali vaqtni o'tkazish niyatida. Ular oldinga borishga shoshilishmayapti. Mehmondagi bir ochko ham etarlidir ularga...

59`
Munir! Moreno! "Atletik" posboni bugun o'zini juda yaxshi his etmoqda!

58`
"Atletik" to'p nazoratini "Barselona"dan olib qo'ygan. Har doim ham bunday holatni ko'ravermaymiz...

56`
Kurash maydon markazida kechmoqda. Qaysi jamoa birinchi bo'lib gol kiritar ekan? Yoki bugun gol ko'rmaymizmi?

54` Aduriz!
"Atletik" javob qaytarmoqchi bo'ldi. Lekin chiroyli tarzda tashkil etilgan hujumni Aduriz samarali tarzda yakunlayman deb barbod qilib qo'ydi.

53` Xordi Alba!
"Barselona" himoyachisining yo'llagan kuchli zarbasini Moreno qaytarishga erishdi. Xavfli zarba bo'lgandi. Lekin "Atletik" posboni o'z o'rnida!

52`
"Barselona" kichik ustunlik bilan harakat qilmoqda. Lekin tabloda bu ustunlikni foydasi ko'rinmayapti.

50` Gol
! Munirning kiritgan goli inobatga olinmadi. Offsayd!

49`
Jamoalar to'pni darvozaga kiritish yo'llarini qidirishmoqda.

47`
Munir oldinga borayotgandi. Lekin himoyachi so'nggi soniyada Munirni xato qilishga majburladi.

46` "Barselona" safida o'zgarish
. Pike Maskeranoning o'rniga maydonga tushirildi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Biroz dam olishga fursat bor. Tanaffusdan so'ng shu "xona"da ko'rishamiz, hozircha bo'shsizlar:-)

Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!

45` Maydon egalari tanaffusga hisobda oldinga chiqib olgan holda chiqishni juda istashmoqda. Lekin "Atletik" himoyasi hozircha bexato harakat qilmoqda. Himoya qo'rg'onidan o'tilgan taqdirda ham Moreno ularga qarshilik qilishda davom etmoqda.

44` Xavfli vaziyat! Moreno!
"Atletik" posbonidan "seyv"! Munirning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi bartaraf etilmoqda. Qoyil, Moreno!

43`
Yosh futbolchilar to'qnashuvi. Laport va Munir o'zaro kurashda ishtirok etishdi. Munir esa yiqildi. Laport esa hakamga qarab: "Munir juda ko'p yiqilib olaverar ekan", - deb aytmoqda. Hakam esa unga: "Sen ko'p qo'pollik ishlatma", - degandek bo'ldi.

41` Xavfli vaziyat!
Messi jamoasi hujumini rivojlantirdi va to'pni markaz tomon oshirdi. Lekin raqib himoyachilari bu vaziyatda sergak turishgandi va xavfni bartaraf etishmoqda.

40`
Munir jarima maydonchasi ichiga kirishi bilan yiqildi. "Atletik" azosi Gurpegi esa unga qarab kulib qo'ydi. Hakam bu vaziyatda hech qanday penalti yo'q ekanligini takidlab o'tdi. O'yin davom etadi.

39`
Pedro o'z tezligini ishga soldi. Bu samarali chiqdi. Lekin sherigi tomon oshirib bergan to'pi manzilgacha etib bormadi.

38`
Messi bosh bilan darvozani ishg'ol etishga urinib ko'rdi. Biroq noaniq.

37`
Markazdan boshlangan hujum o'ng qanotga ko'chdi. Lekin Montoyyaning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.

35`
Darvoza tomon "Barselona" bir marta aniq zarba yo'lladi. "Atletik" esa ikki bor Bravoni ishlashga majbur qildi.

34`
Munir "Atletik" darvozaboni Morenoni oldini to'sib qolgani uchun hakam jarima to'pi belgiladi. "Atletik" foydasiga albatta.

33` Vaziyatlarsiz kechayotgan o'yinning 33-daqiqasi boshlanmoqda. Hisob o'sha-o'sha. Nol-nol!

31`
Futbolchilar suv ichib olishmoqda. O'yinda to'xtalish yuzaga keldi. Maskeranoga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

29`
Bugungi o'yinda g'alaba har ikkala jamoa uchun ham muhim hisoblanadi. "Barselona" ochko yo'qotishi ularga qimmatga tushishi mumkin. Kechroq ularning raiblari "Real" va "Atletiko" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Ha aytgancha, bu o'yindan ham matnli onlayn translyaciyasini amalga oshirishni mo'ljallab turibmiz.

28`
Bravo Iturraspe tepgan zarbani ushlab oldi. Oddiy zarba va darvozabon o'z ishini bajarmoqda.

26`
"Barselona" hujumga o'tmoqda. Lekin Messining to'p uzatishi samarali chiqmadi.

24` Bahsli vaziyat!
Aduriz jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Lekin hakam bu vaziyatni etiborga molik deb hisoblamadi va penalti belgilamadi. Maskerano Adurizni shundoq qo'llari bilan ushlab turgandi. Qiziq.

23`
"Atletik" "Barselona" jarima maydonchasi tomon yaqinlashdi. Lekin aytarli vaziyat yaratish ularga nasib etmadi.

22`
Laynsmen Adurizni o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb hisobladi.

20`
Rakitich Pedro tomon juda zukko pasni amalga oshirdi. Lekin "Atletik" himoyachisi so'nggi pallada to'pni egallab olishni uddasidan chiqdi.

19` Munirdan "Barselona" muxlislariga "salom"!
Qulay vaziyat barbod qilinmoqda. Munir hisobni ochishi mumkin edi. Ammo, lekin, biroq...

18`
O'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi. Jamoalar hozircha shoshma-shosharlikka yo'l qo'yishmayapti.

16`
Pedro tomon uzatilgan to'pga "Barselona" futbolchisi etib kela olmadi.

14`
Kataloniyada quyosh charaqlab turibdi. Maydonning teng yarmida quyosh tushib turibdi. O'yinni juda erta boshlavorishibdi. 

13`
Hozircha har ikkala jamoa posbonlari Moreno va Bravo bir martadan o'z qo'lqoplarini ishlatishga majbur bo'lishdi.

12`
"Atletik" burchak zarbasini amalga oshirdi. Lekin bundan naf chiqmadi.

11`
"Atletik" o'ng qanotdan hujum tashkil etdi. Xordi Alba bu vaziyatda o'z o'yinchisini o'tkazib yubordi. Lekin so'nggi pallada kataloniyaliklar himoyasi xavfni bartaraf etdi.

10`
"Barselona" zaxira o'rindig'ini ko'rsatishmoqda. Pike jimgina o'yinni kuzatmoqda. Xavi esa yordamchi murabbiy bilan nimalarnidir gaplashib o'tiribdi.

9`
O'yin biroz sekinlashdi. Kurash maydon markazi tomon ko'chmoqda.

7`
"Barselona" bosim uyushtirmoqda. Inesta va Munir hozircha faolligi bilan boshqalardan ajralib turishibdi.

5` Xavfli vaziyat!
"Barselona" hisobni ochishi mumkin edi. Lekin Moreno mahorat ko'rsatmoqda! Pedroning zarbasini "Atletik" posboni bartaraf etishni uddasidan chiqmoqda. Qoyil!

3`
"Barselona"ning javobi! Munir jarima maydonchasi oldidan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin zarbaga aniqlik etishmadi.

2` Uh! "Atletik" o'yinni faollik bilan boshladi. CHap qanotdan rivoj olgan hujum xavfli tus oldi. Bravo bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi.

1` Uchrashuv boshlandi!


Bugun har ikkala jamoaga ham oson bo'lmaydi. "Barselona" va "Atletik" o'rtasidagi uchrashuvlar har doim keskin kurashlar ostida o'tib keladi. Uchrashuv favoriti "Barselona" bo'lishi mumkin, lekin bu degani "Atletik" autsayder degani emas. Qolganini o'yin ko'rsatib beradi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Uchrashuvni kamina, SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzda sharhlab boradi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Atletik" uchrashuvidan onlayn reportajimizni boshlaymiz!

- O'yin soat 19:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика